Rossiyalik astrofizik Vladimir Lipunov robotlashtirilgan teleskoplar tarmog‘i yordamida hajmi avval aniqlangan Apofis asteroididan katta, Yerga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yangi asteroidni aniqladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
2014 U116 deb nomlangan asteroid Yerga qay darajada xavfli ekanligi hozircha ma’lum emas. Diametri taxminan 370 metr bo‘lgan asteroid yer bilan to‘qnashsa, portlash Chelyabinsk asteroidi to‘qnashuvinikidan kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda.
“Roskosmos” xabariga ko‘ra, Chelyabinsk meteoritidan keyin osmonni avtomatik ravishda kuzatib turadigan tizimlarga bo‘lgan qiziqish oshib ketgan. Jumladan, 2013-yilda Yerga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan uchta asteroid aniqlangan.
Izoh (0)