O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi (pdf).
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, xususiy tadbirkorlar operatorlar va telekommunikatsiyalar provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishda salohiyatli abonentlarni izlash, abonentlar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar bilan abonentlik shartnomalarini tuzish bilan shug‘ullana olmaydi.
Biroq ular abonentlar yoki xizmat ko‘rsatuvchilarga ma’lumot-axborot xizmati ko‘rsatish, xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmati uchun to‘lovlarni qabul qilish huquqini saqlab qoldi.
Izoh (0)