Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

To‘qqiz nafar hind harbiy xizmatchilari Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida ikki o‘smirning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha harbiy tribunal oldida hozir bo‘ladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Hindistonlik harbiy, arxiv. Foto: “RIA Novosti”

Hindistonlik harbiy, arxiv. Foto: “RIA Novosti”

Hodisa 3-noyabr kuni Hindiston shimolida Pokiston bilan chegaradosh Jammu va Kashmir shtatidagi Budgam okrugida sodir bo‘lgan. Harbiylar besh nafar o‘smir minib ketayotgan mashinani o‘qqa tutgan. Ularning aytishicha, bunga transport vositasi blokpostda to‘xtamay o‘tib ketgani sabab bo‘lgan, harbiylar ularni terrorchilar deb gumon qilgan. Otishma natijasida 15 va 17 yoshdagi ikki o‘smir halok bo‘lgan, yana ikki nafari yaralangan, qolgan bir nafari qochib qolgan.

Voqea bo‘yicha tergov komissiyasi harbiy xizmatchilar tomonidan kuch ishlatilishi qoidalari qo‘pol ravishda buzilganini tan oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi