Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Apple kompaniyasi aksiyalari narxining 119 dollarga ko‘tarilishi natijasida kompaniyaning narxi 700 milliard dollardan oshib ketdi. Bu haqda Mashable’ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

Foto: cultofmac.com

Foto: cultofmac.com

Apple’ning dunyodagi mavqei tobora mustahkamlanib bormoqda, tahlilchilar esa aynan Apple narxi trillion dollar turuvchi ilk kompaniyaga aylanishini taxmin qilmoqda.

“Bizning hisob-kitoblarimizga qaraganda, Apple hozirda aksiyalarini 203 dollardan sotishi lozim va tez orada biz taxmin qilgan va bugungi narx o‘rtasidagi tafovut tez orada yo‘qoladi, deb ishonamiz”, − dedi Apple’ning 53 millionta aksiyasiga egalik qiluvchi investor Karl Ikan.

Foto: Mashable

Foto: Mashable

Hozircha aksiyalarning narxi 120 dollardan sal arzonroq bo‘lib, oktyabrdan buyon bahosi oshib bormoqda – o‘tgan bir oy ichida aksiyalar 24 dollarga qimmatlashdi. Kompaniyaning moliyalashtirilishi Amazon, Microsoft, Netflix va Twitter’ning barchasini qo‘shib hisoblaganda ham ularnikidan ortiqroqdir.

Alexander Alternative Capital kompaniyasi xodimi Maykl Korchelli Apple 2015 yilda trillion dollarga baholanishiga ishonchi komil, ammo tahlilchilar bu yaqin 12-18 oy ichida yuz bermasligini aytishmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi