• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xalq ta’limi vazirligi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 7 ta o‘quv-metodik qo‘llanma va ularning multimediali ilovalarini yangidan yaratdi

    Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining 71-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 7 nomdagi o‘quv-metodik qo‘llanmalar va ularning multimediali ilovalari yangidan yaratilib, joylarga yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

    Foto: uzedu.uz

    Foto: uzedu.uz

    Mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalar boshlang‘ich sinflarda o‘qitish sifatini yaxshilash yo‘lida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari faoliyatiga joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan. Qo‘llanmalardagi multimedia ishlanmalari esa o‘qitishning o‘yinli shakllari va mediatexnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.

    Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilda Davlat dasturi doirasida boshlang‘ich ta’limda o‘qitish sifatini yaxshilash maqsadida 2014−2017-yillarga mo‘ljallangan reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, vazirlik mutaxassislari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti olimlari, metodistlar va amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat ijodiy guruhlar shakllantirildi.

    Ushbu guruhlar tomonidan 1-sinf o‘qituvchilari uchun 7 nomda (“Savodga o‘rgatish” (Alifbe), “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Atrofimizdagi olam”, “Russkiy yazik”, “Kniga dlya chteniya” fanlaridan) jami 410 000 nusxa ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘quv-metodik qo‘llanmalar va ularga multimedia ilovalar yangidan yaratilib, nashr etildi va joylarga yetkazib berildi.

    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Davlat ta’lim standarti bo‘yicha bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish ko‘nikmalarini egallashlariga erishishi lozim.

    Mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga dars jarayonida o‘quvchilarning bir qolipga tushib qolmasligi uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bilan birga, multimediali ishlanmalardan samarali foydalangan holda o‘qitishning o‘yinli shakllari va mediatexnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi. Ushbu materiallardan yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash va takrorlash jarayonida keng foydalanish nazarda tutilgan. Bu jarayon 1-sinf o‘quvchilarining ta’lim olish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

    Darslikning multimediali ilovasida videolavhalar berilgan bo‘lib, o‘quvchilarning amaliy tafakkur va tasavvurlarini shakllantirishda mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi va tez tushunib olishlariga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, dars davomida o‘quvchilar charchab qolmasligi va zerikmasliklari uchun musiqali dam olish daqiqalari ham tashkil etilgan.

    O‘qish darslari uchun taqdim etilgan bunday didaktik o‘yin va boshqotirmalar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi.

    O‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali ilovalarning elektron shakli vazirlik portaliga joylashtirilgan bo‘lib, uni istagan foydalanuvchi yuklab olishi va foydalanishi mumkin.

    Ma’lumot uchun, bugungi kunda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida 9739 ta umumta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ularda 390 105 nafar pedagoglar, shundan 112 529 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsatishmoqda.

     

     

    26.11.2014, 14:56   Izoh (0)   30816
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Malayziyaning Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo sherigi ekanligi ma’lum bo‘ldi

    26.11.2014, 12:39

    2030-yilgacha Jizzax viloyatidagi Paxtakor shahri hududi kengaytiriladi

    26.11.2014, 10:30

    Zomin shahri aholisi 2030-yilgacha 38 ming kishiga yetadi

    26.11.2014, 10:21

    Islom Karimovning Qozog‘istonga tashrifi davomida qator hujjatlar imzolandi

    26.11.2014, 09:46

    O‘quv muassasalari va kasalxonalar huquqbuzarliklar haqida xabar qiladigan bo‘ldi

    26.11.2014, 08:53

    Gretsiyada Samarqandga bag‘ishlangan “Maroqanda” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

    25.11.2014, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Dilnoz Hakimovaning qiyofadoshi topildi, Sevara Nazarxon tabiatni asrashga chorladi, Toshkentdagi tadbirda xorijlik mashhurlar jamlandi

    Madaniyat | 4 iyul, 12:28

    Tailandda yangi muvaqqat bosh vazir tayinlandi

    Dunyo | 4 iyul, 12:12

    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi

    Reklama | 4 iyul, 12:00

    Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 11:59

    Mashhur meksikalik bokschi AQSHda qo‘lga olindi

    Sport | 4 iyul, 11:55

    Gitler haqidagi qo‘shiq tufayli Kanye Uestga Avstraliyaga kirish taqiqlandi

    Musiqa | 4 iyul, 11:51

    Gollivud aktyori Maykl Medsen vafot etdi

    Kino | 4 iyul, 11:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.