“Lokomotiv” himoyachisi Vitaliy Denisov “Ufa”ga qarshi kechgan bahsda Xanjichga qarshi ataylab qo‘pollik ishlatganini tan oldi. Bu haqda “Lokomotiv” tvitteridagi axborotga tayanib, “Uff.uz” xabar bermoqda.
“Hozir chetlatish bo‘lgan vaziyatda aslida qanday harakat qilish kerak bo‘lganini aytish qiyin. Ammo men qoida buzilishini ataylab amalga oshirgandim”, — dedi Vitaliy Denisov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya chempionati 14-turidagi “Lokomotiv” va “Ufa” uchrashuvida himoyachi 81-daqiqada amalga oshirilgan qoidabuzarlikdan so‘ng maydondan chetlatilgan edi. Uchrashuvda durang natija qayd etilgan edi.
Izoh (0)