Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Universal Mobile Systems (UMS) mobil aloqa operatori sobiq “MTS-O‘zbekiston”ning Toshkentdagi bosh ofisi oldida yangi operatorning ochilishiga necha kun qolganini ko‘rsatib turuvchi tabloni ishga tushirdi. Bu haqda Facebook’dagi “Obshestvenniy kontrol” guruhi a’zolari xabar bergan.

Foto: Facebook / “Obshestvenniy kontrol”

Foto: Facebook / “Obshestvenniy kontrol”

24-noyabr kuni ushbu tabloda UMS 7 kundan keyin ochilishini anglatuvchi “7” raqami ko‘rsatilib turgan. Shuningdek, ums.uz saytida ham xuddi shunday teskari hisob ishga tushgan.

Foto: ums.uz

Foto: ums.uz

Avvalroq, ums.uz manzilida “Uyut Mebel Servis” mebel fabrikasi o‘rniga Universal Mobile Systems (UMS) mobil aloqa operatorining logotipi paydo bo‘lgani xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “MTS-O‘zbekiston” o‘rniga tashkil qilingan UMS mobil aloqa operatori o‘z tijoriy faoliyatini 2014-yil 1-dekabrdan boshlashi ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi