Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 17-noyabr kuni daromad va kapitalga ikki yoqlama soliq solinishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi o‘rtasida tuzilgan bitimga va mazkur bitimning protokoliga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi protokolni (pdf) tasdiqladi.

Foto: podrobno.uz

Foto: podrobno.uz

Ta’kidlash joiz, ushbu bitim Shveysariya Federal Kengashi bilan 2002-yil 3-aprelda tuzilgan, uning protokoli esa 2014-yil 1-iyulda Bern shahrida imzolangan edi.

O‘zbekiston rahbari Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilgani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llashni topshirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi