Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning 2016-yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammitda ishtirok etishdan bosh tortishi Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi ahvoliga bog‘liq emas. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: pravda-tv.ru

Foto: pravda-tv.ru

“Bu qarorning sababalari yetarlicha ma’lum qilindi, menda bunga qo‘shimcha yo‘q. Biz ushbu sammitning kun tartibini butunlay ko‘rib tugatilgan deb hisoblaymiz. Ushbu qaror bizning AQSh bilan munosabatlarimizning ahvoliga umuman bog‘liq emas”, − dedi Ryabkov yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada.

Shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosar Vashington konferensiya ishlari to‘g‘risida Moskvani xabardor qilib turishiga umid bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi