Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining rasmiy delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Makao shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo va Tinch Okeani teleradioeshittiruvchilar uyushmasining (Asia-Pacific Broadcasting Union − ABU) navbatdagi 51-Bosh Assambleyasida qatnashdi. Bu haqda Milliy teleradiokompaniya rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: abu.org.my

Foto: abu.org.my

Bosh Assambleya doirasida konferensiya, seminar, forum va qo‘shma yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. ABU tizimidagi turli bo‘linmalarning qo‘shma yig‘ilishlarida teleradioeshittirish sohasida yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash va dasturlarni ayriboshlash, shuningdek, sport guruhining yig‘ilishida yirik sport musobaqalarini yoritishda yangi uslublarni qo‘llash hamda ularni namoyish etish xuquqini sotib olish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama etildi.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi vakili o‘z chiqishida yig‘ilish qatnashchilariga Kompaniyaning bugungi kundagi faoliyati, tizimdagi teleradiokanallar va O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Yevropa va Osiyo teleradioeshittirish kompaniyalari vakillari O‘zbekistonda teleradio sohasining rivojlanishi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, ishlab chiqarish va texnik bazasini yangilash hamda teleradiodasturlarining mazmuni va sifatini oshirish, O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, raqamli televideniyeni hayotga tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida keng ma’lumotga ega bo‘ldilar.

O‘z navbatida MTRK vakillari Yevropa va Osiyo telekompaniyalari tajribasi asosida raqamli televideniyega o‘tishning texnik jihatlari bilan tanishdilar. Shuningdek, O‘zbekistonda raqamli televideniyega o‘tish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan xorijiy mutaxassislar bilan fikr almashildi.

Teleradiokompaniyalar rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar davomida texnologiyalarni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalardan tashqari, o‘zaro teleradiodasturlarni ayriboshlashning tashkiliy-huquqiy masalalari, shuningdek soha vakillarini o‘qitish va qayta o‘qitish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, Germaniyaning yirik jamoat telerdioeshittiruvchilar Konsorsiumi (ARD) O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan anglashuv memorandumi doirasida ikki tomon madaniy va ijtimoiy hayotiga oid axborot lavhalarini o‘zaro ayriboshlash bo‘yicha hamkorlik qilish istagini bildirdi. Yevropa va Osiyoning yirik teleradiotashkilotlari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish niyatini bildirdi.

Osiyo va Tinch Okeani teleradioeshittiruvchilar uyushmasi (ABU) 1964-yil 1-iyulda tashkil topgan bo‘lib, uning faoliyati siyosiy va tijorat maqsadlariga qaratilmagan. Tashkilotning asosiy maqsadi − Osiyo va Tinch Okeani mintaqasi hududida teleradioeshittiruvchi tashkilotlarni rivojlantirishga ko‘mak berishdan iboratdir. Hozirgi kunda uyushmaga dunyoning 63 mamlakatidan 255 ta tashkilot a’zodir. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2004-yildan boshlab ABU’ning to‘la huquqli a’zosidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...