Moskva markazidagi Qozon vokzalidan 1000dan ortiq odam bomba haqidagi xabar tufayli evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Huquqni muhofaza qilish organlari bergan xabarga ko‘ra, hozirda vokzal binosi tekshirilmoqda. Favqulodda holat poyezdlar jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagani aytilgan.
Ma’lumot uchun, Qozon vokzali Moskvaning to‘qqizta temir yo‘l vokzallaridan biri bo‘lib, Moskva temir yo‘llarining Qozon va Ryazan yo‘nalishlari boshlanish nuqtasi hisoblanadi.
Izoh (0)