Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sensorli ekranga ega smartfonda matn terish tezligi bo‘yicha jahon rekordi iPhone 6 Plus yordamida o‘rnatildi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”. Braziliyalik Marsel Fernandes Filyo ismli yigitcha dunyoda eng tezkor deb rasman tan olingan Fleksy klaviaturasidan foydalanib, o‘z rekordini yangiladi. U shu yilning mayida ham Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan edi.

Foto: redmondpie.com

Foto: redmondpie.com

Yetti oy avval Marsel xuddi shunday klaviaturadan foydalangan, biroq u Samsung Galaxy S4 smartfoniga o‘rnatilgan edi. O‘sha vaqtda Fleksy klaviaturasini iOS-qurilmalarda qo‘llash mumkin bo‘lmagan.

May oyida o‘smir ingliz tilidagi “Serrasalmus va Pygocentrus turidagi o‘tkir tishli piranyalar dunyoda chuchuk suvda yashovchi eng tajovuzkor baliqlardir. Biroq haqiqatda ular odamlarga kamdan-kam tashlanadi” (“The razor-toothed piranhas of the genera Serrasalmus and Pygocentrus are the most ferocious freshwater fish in the world. In reality they seldom attack a human”) jumlasini 18,19 soniyada tergan bo‘lsa, bu safar u shu vaqtni 17 soniyagacha qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank