Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida yashovchi Anvar K. avval to‘rt marta sudlangan bo‘lishiga qaramay, yana bir jinoyatga qo‘l urdi, deya xabar bermoqda “Pravda Vostoka”.
Tuman markazidagi ko‘chalardan biri sayr qilib yurib, Anvar Nexia mashinasini ko‘z ostiga oldi, haydovchi uning o‘t oldirish qulfida kalitini unutib qoldirgan, o‘zi esa tamaddixonaga kirib ketgan edi. Fursatdan foydalanib, Anvar mashinani olib qochdi.
Mashina egasi o‘z avtomobilini topa olmagach, darhol huquq-tartibot organlariga murojaat qildi. Anvar Uchqo‘rg‘on tumaniga kiraverishda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatildi, ular allaqachon o‘g‘irlangan avtomobilning davlat raqamidan xabardor qilingan edi.
Mingbuloq tuman jinoyat sudi Anvarni to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Izoh (0)