2014-yil 6-noyabr kunining ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Parij shahrida bir qator uchrashuvlarda qatnashdi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Jumladan, Fransiya Senatining xalqaro ishlar, mudofaa va qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi, sobiq Bosh vazir Jan-Pyer Raffaren, Fransiya rivojlanish agentligining ijrochi direktori Jan-Mark Gravellini bilan uchrashdi va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvlar davomida O‘zbekiston−Fransiya hamkorligi masalalari ko‘rib chiqildi va turli sohalardagi o‘zaro aloqalarni har tomonlama rivojlantirishdan ikki taraf ham manfaatdorligi tasdiqlandi.
Izoh (0)