O‘zbekistonda ochilayotgan UMS aloqa operatori fotosessiyasida qatnashishni istagan 18—60 yosh oralig‘ida bo‘lgan ikki jins vakillari uchun kasting e’lon qilindi. Bu haqda Kinoshniki.uz xabar bermoqda.
Nomzodlar millati o‘zbek bo‘lishi, zamonaviy ishbilarmon ko‘rinish va iloji boricha model qiyofasiga ega bo‘lishi lozim.
Kasting va fotosinov 7—9-noyabr kunlari “Kinoprom” kompaniyasi ofisida soat 12:00 dan 17:00 ga qadar o‘tkaziladi.
Suratga olish ishlari Toshkent shahrida Moskvadan kelgan media-kompaniya va Rossiyadagi “MTS” vakillari ishtirokida 12—16-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Kasting talablari va boshqa ma’lumotlar bilan Kinoshniki.uz saytida batafsil tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)