Facebook kompaniyasi Ebola bezgagiga qarshi kurashish yo‘lida ijtimoiy tarmoqda maxsus ehson tugmasini joriy etadi. Bu haqda Associated Press axborot agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Facebook foydalanuvchilaridan yig‘ilgan ehsonlar Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi, Xalqaro tibbiyot korpusi va Save the Children tashkiloti hisobiga borib tushadi. Ehsonlar jahonning barcha mamlakatlaridan to‘planadi.
Bundan tashqari, Facebook Ebola bezgagidan jabr ko'rayotgan G‘arbiy Afrika mamlakatlarida internet va telefon aloqasi rivojlanishi uchun 100ta sun’iy yo‘ldosh aloqasi terminallari yetkazib berilishini ham moliyalashtiradi.
Xabar berishlaricha, ushbu dasturlar Facebook rahbari Mark Sukerbergning shaxsiy mablag‘laridan moliyalashtiriladi. Oktabr oyida u Ebolaga qarshi kurash uchun 25 million dollar ehson qilgandi.
Izoh (0)