Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent hayvonot bog‘ida so‘nggi paytlarda jonivorlar o‘limi tez-tez kuzatilayotgani munosabati bilan muassasa rahbariyati tashrifchilarga murojaat qildi. Uni “Uz24” nashri o‘z xabarida keltirib o‘tdi.

Foto: muloqot.uz

Foto: muloqot.uz

“Qafaslarda saqlanayotgan hayvonlar kishilarda rahm-shafqat uyg‘otadi. Shu tufayli tashrifchilar ularga yegulik berishga shoshiladi”, — deyiladi murojaatda. Biroq hayvonot bog‘ida och jonivorlarning o‘zi yo‘qligi, ularning barchasi muayyan ratsion bo‘yicha oziqlantirilishi ta’kidlanadi.

Shuningdek zoopark mehmonlari hayvonlarga oziq-ovqat berib, ularni bunga o‘rgatib qo‘yishi qayd etilgan. “Ba’zilar turli kimyoviy qo‘shimchalarga ega bo‘lgan mahsulotlarni o‘ramidan chiqarmasdan turib jonivorlarga berishadi. Natijada oshqozon-ichak yo‘liga sellofan, folga yoki boshqa buyumlar tiqilib qoladi”, — deyiladi bayonotda.

Unda aytilishicha, ham tashrifchilar, ham hayvonlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida hayvonlar saqlanadigan maydonlarning barchasi panjaralar bilan o‘ralgan. Shuningdek bog‘ning butun hududi bo‘ylab kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent hayvonot bog‘ida erkak qo‘tos oshqozoniga begona jism tushishi sababli yuzaga kelgan oshqozon buzilishi natijasida yuz bergan asfiksiya va miokard infartidan nobud bo‘lgan edi. Yaqinda esa shunga o‘xshash sabab bilan fil ham vafot etdi. Bundan tashqari, zooparkdagi tuyaqush tashrifchilar tashlagan plastik stakanni yutib yuborib, ahvoli og‘irlashgan, biroq veterinarlar uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...