Rossiyada yagona bo‘lgan, mahalliy mutaxassislar tomonidan yaratilgan “Master” teleskop robotlar tarmog‘i potensial xavfli bo‘lgan asteroidni kashf qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Yulduzli osmon fonidagi teleskop. Foto: Fotolia

Yulduzli osmon fonidagi teleskop. Foto: Fotolia

U Yer bilan to‘qnashgan taqdirda, Chelyabinskdagi meteorit portlashidan ming marta kuchli portlash yuzaga kelishi mumkin.

370 metrli yangi asteroid 2014 UR116 nomini oldi. U “Master” tarmog‘i tomonidan aniqlangan uchinchi va eng yirik shunday obyektdir. Qolgan ikkita asteroid — 2013 SW24 va 2013 UG1’ning hajmlari tegishli ravishda 250 va 125 metrga teng.