“Uzjeldorpass” OAJ matbuot xizmati MDH davlatlarining ba’zilari qishki vaqtga o‘tishi munosabati bilan poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda 12news.uz.
Jumladan, 2014-yil 26-oktabr kuni soat 14:40 da Toshkentdan Novosibirskka yo‘l olgan 370/369-raqamli poyezd 1-noyabr kuni 03:50 da Toshkentga qaytib keladi. 6-raqamli Moskva-Toshkent poyezdi 30-oktabr kuni 17:33 da Toshkentga yetib keladi.
381/382-raqamli Toshkent-Ufa poyezdi 2014-yil 28-oktabr soat 00:15 da Toshkentdan yo‘lga chiqib, 21:15 da qaytib keladi, 365/366-raqamli Toshkent-Chelyabinsk poyezdi 29-oktabr soat 00:15 da jo‘nab, soat 21:15 da qaytib keladi, 465/466-raqamli Toshkent-Orenburg poyezdi 1-noyabr kuni soat 00:15 da yo‘lga chiqib, 21:15 da qaytib keladi.
Izoh (0)