2014-yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Jak-Anri O‘lsni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar bergan.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shu jumladan Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi va boshqa O‘zbekiston-Fransiya bo‘lajak uchrashuvlarining amaliy jihatlari muhokama qilindi
Izoh (0)