La liganing eng yaxshi to‘purari Krishtianu Ronaldu “El-klassiko” oldidan yangi butsasini taqdimot qildi, deb xabar beradi Stadion.uz.
Endi 29 yoshli portugaliyalik futbolchi Nike tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan, qora rangdagi, CR7 imzosi tushirilgan butsada harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu La liganing ushbu mavsumida 15 ta gol bilan to‘purarlar jadvalini boshqarmoqda.
“Real” — “Barselona” bahsi 25-oktabr kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Izoh (0)