Rossiya dafn etish bo‘yicha qator xizmatlarni bepul qilishni rejalashtirmoqda. Bunday ma’lumot Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi saytida e’lon qilingan “Rossiyada dafn etish ishlari to‘g‘risida”gi federal qonun loyihasida qayd etilgan. Bu haqda Rusnewsinfo.ru xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, rossiyaliklardan endi dafn etish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga pul talab qilinmaydi. Shuningdek, tobut bilan ta’minlash va qonun loyihasida ko‘rsatilganidek, “marhumning jasadini u vafot etgan joydan qabristongacha olib borish” ham bepul bo‘ladi.
Hujjat matnida ta’kidlanishicha, bu xizmatlarning barchasi dafn etish ishlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus xizmat tomonidan ko‘rsatiladi. Ular yuqorida sanab o‘tilgan kafolatlangan xizmatlarni ko‘rsatishdan bosh tortishi mumkin emas.
Dafn etish biznesini tartibga solish bo‘yicha vakolatlar 2014-yilning may oyidan boshlab Qurilish vazirligiga o‘tkazildi. Ungacha dafn etish xizmati bozorini qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik ishlari bo‘yicha federal agentliklar “Gosstroy” va “Rosstroy” nazorat qilgan.
Izoh (0)