Qo‘qonlik ayol turmush o‘rtog‘i bilan gap talashib qoldi. Bir biridan ustun kelishga urinayotgan er-xotin jahliga erk berdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi.
Ayol turmush o‘rtog‘ini birdan itarib yuborishi natijasida u gaz plitasi ustiga yiqilib, tan jarohati oldi. Er shifoxonaga yotqizildi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)