Rossiya Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishga qarshi emas, ammo u bu kabi qadamning oqibatlarini ochiqchasiga va o‘z vaqtida muhokama etishga chaqirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish masalasiga to‘xtalar ekan, “Biz hech qachon Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishga qarshi bo‘lmaganmiz, biz o‘zimiz yaqinlashish tarafdorimiz, — dedi Rossiya prezidenti. — Ammo bizning hamkorlarimiz boshqa ittifoqlarga qo‘shilgandan so‘ng, Rossiya Federatsiyasi uchun kelib chiqadigan xatarlarni o‘z vaqtida, ochiq va professional darajada muhokama qilishdan bosh tortadi”.
Eslatib o‘tamiz, keyingi hafta Rossiya rahbari Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Yevropa Forumi sammitida ishtirok etadi.
Shuningdek, Ukraina, Rossiya, Fransiya prezidentlari va Germaniya kanslerining “normand uslubi”dagi uchrashuvi ham rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)