Janubiy Koreyaning Seul shahrida sambo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etyapti. Dunyoning ko‘plab davlatlari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham dunyo birinchiligida ishtirok etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Bugungi so‘nggi kun oldidan terma O‘zbekiston jamoasi hisobida sakkizta medal bor. Shundan to‘rttasi kumush, yana shunchasi bronza medalidir. Jahon chempionatining birinchi kuni Jahonoy Turkmanova (40 kg) va Shahzod Tagiyev (48 kg) kumush medalga; Matluba Abdumutalova (48 kg) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, 75 kg vazn toifasida kurashgan Sojida Savriyeva musobaqaning bronza medaliga loyiq deb topilgan bo‘lsa, yosh qizlar o‘rtasidagi uchrashuvlarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shahzoda Usmonova (60 kg) kumush medal sohibasiga aylandi.
Yoshlar o‘rtasidagi bahslarda Shahboz Nurmatov (52 kg) musobaqaning kumush medalini, Elyor Xojimamatov (81 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Boburxon Olovitdinov (52 kg) jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)