Tailand poytaxti Bangkok shahrida sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan Singha – BEC TERO ITF Women Circuit 1 turniri davom etmoqda. Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston vakili Sabina Sharipova juftlik musobaqasida mag‘lubiyatga uchradi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Ukrainalik Aleksandra Korashvili bilan tandem hosil qilgan Sabina rossiyalik tennischilar — Darya Gavrilova hamda Irina Xromacheva juftligiga 1:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Sharipova yakkalikning birinchi bosqichida turnirning beshinchi tartib raqamli tennischisi Chiyex-Yu Xsu (Xitoy Taypeyi) bilan hisob-kitob qiladi.
Agar Sabina Xsu to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tib olsa, ikkinchi davrada Viktoriya Tomova bilan to‘qnash keladi. Bolgariyalik tennischi birinchi bosqichda tailandlik Varunya Vongteanchayni 0:6, 6:3, 6:1 hisobida taslim etgan.
Izoh (0)