Peruning Islay viloyati ma’muriy markazi — Molyendo port shahri merligi uchun saylovlarda nomzod Richard Gitler Ale Krus g‘olib chiqdi. Bu haqda Terra Peru’ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Gitler Ale Krus saylovchilarning 47 foiz ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 40 yoshli erkak “Islay integratsiyasi” harakatidan o‘z nomzodini qo‘ygan edi.
Xabar berishlaricha, shahar meri saylovlarida g‘olib chiqqan nomzod 2015-yil 1-yanvardan o‘z vakolatlarini bajarishga kirishadi.
Izoh (0)