Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasiga raqiblik qilishi lozim bo‘lgan BAA U-19 terma jamoasi yaqinda Dubayda xalqaro musobaqada maydonga tushdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
BAA U-19 terma jamoasi Dubaydagi xalqaro musobaqada Ozarbayjonga qarshi maydonga tushdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Musobaqadagi yana bir o‘yinda Ummon yoshlari Albaniya terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozim, BAA terma jamoasi ustozi Abdulla Musraf bu musobaqaga barcha futbolchilarni jamlay olmadi. Gap shundaki, kengaytirilgan tarkibdagi 23 nafar futbolchi harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirilgan bo‘lib, ular Osiyo chempionatida ham ishtirok eta olmaydi.
Murabbiyning o‘zi bunga quyidagicha izoh bildirgan: “Biz barchamiz millat askarlarimiz va uning ixtiyoridamiz. Men futbolchilarni milliy burchini bajarishga chaqirdim. Men o‘z burchini bajarayotgan futbolchilarim bilan ham, Myanmada o‘tadigan Osiyo chempionatida millat sharafini himoya qiladiganlari bilan ham birdek faxrlanaman”.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatida O‘zbekiston va BAA terma jamoalari “B” guruhida ishtirok etadi. Guruhda, shuningdek, Avstraliya va Indoneziya terma jamoalari ham bor.
Ma’lumot uchun, qit’a birinchiligi oktabr oyida Myanma davlatida o‘tkazilishi lozim.
Izoh (0)