BMT Xavfsizlik kengashida Qrimning Xersonskaya viloyati bilan chegarasidagi Rossiya Federatsiyasiga qarashli harbiy texnika miqdori hisoblab chiqildi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi axborot-tahlil markazi spikeri Andrey Lisenkoning ma’lum qilishicha, Rossiya Qrimning Ukraina bilan chegarasiga 64 ta tank, bronetexnika va baravariga o‘q otadigan “Grad” reaktiv tizimlarini to‘plagan.
“Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, vaqtincha egallab olingan Qrim hududida Rossiya Qurolli kuchlarining hujumkor guruhi kuchaytirilmoqda. So‘nggi bir necha hafta davomida Xersonskaya viloyati bilan chegarada RF harbiy kuchlari kamida 64 ta tank, yuzga yaqin bronetransportyor va piyodalar harbiy mashinalari, bir necha o‘nlab ‘Grad’, ‘Uragan’ reaktiv tizimlari hamda ‘Buk’ zenitli raketa majmualari, havo va yerdagilarni yo‘q qilishda aniq nishonga oluvchi vositalar va samolyotlarni to‘plagan”, — dedi Lisenko.
Shu bilan birgalikda, spikerning aytishicha, Chernomorsk aholi punkti yaqinida dala shifoxonasi tashkillashtirilgan.
Bundan tashqari, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Qora dengizda RF Qora dengiz flotiga qarashli yettita katta desant kemasi va Boltiq flotining bitta katta desant kemasi mavjud.
5-sentabr kuni BMT Xavfsizlik kengashida harbiy texnikaning Qrimdan Ukrainaning sharqiy chegarasiga yo‘l olayotgani aks etgan videolavha e’lon qilindi.