Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun G‘azo sektorida erishilgan navbatdagi yarash sulhini ma’qulladi va kelishuvning isroilliklar yoki falastinliklar tomonidan buzilishi “butunlay mas’uliyatsizlik” deb qaralishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

Foto: “ITAR-TASS”

Foto: “ITAR-TASS”

“50 kunlik og‘ir insoniy azoblar va dahshatli vayronagarchiliklardan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilmaslik butunlay mas’uliyatsizlik bo‘ladi”, — deyiladi seshanba kuni kechqurun BMT ma’muriy rahbarining kanselyariyasi tomonidan tarqatilgan bayonotda.

Pan Gi Mun shuningdek, yarash sulhining “barqaror tinchlikka erishishning yagona usuli bo‘lgan siyosiy protsess muqaddimasi bo‘lib xizmat qilishiga” umid bildirdi.

BMT Bosh kotibi sulhparvarlik harakatlari Falastin-Isroil nizolarining asl sabablarini hisobga olmasa, zo‘ravonlikning navbatdagi davrasi faqatgina vaqt masalasi bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

“G‘azoni to‘liq Falastin hukumati boshqaruviga o‘tkazish, u yerdagi qamalni tugatish hamda Isroilning xavfsizlik sohasidagi xavotirlari o‘rinli bo‘lib chiqqanini hisobga olish kerak”, — deb yozadi Pan Gi Mun.

Uning ta’kidlashicha, pirovardida Falastin-Isroil nizolari ikkita alohida davlat tuzib, arab yerlarining “47 yillik istilosi”ga barham berish orqali tartibga solinishi kerak.

Isroil va Falastin o‘rtasida muddatsiz yarash sulhini tuzish tashabbusini Misr ilgari surdi. Uni avval Falastin tomoni, so‘ng isroilliklar ham ma’qulladi. Kelishuv mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00)da kuchga kirdi.

8-iyul, Isroil G‘azoda harbiy operatsiyasini boshlaganidan buyon tomonlar bir necha marta jangovar harakatlarda “gumanitar tanaffus” qilishga kelishgan edi. Biroq har safar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilar yoki u tugashi bilan yangi to‘qnashuvlar boshlanib ketar edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...