“O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi”ning 3-son bayoniga muvofiq, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2014—2015-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda “Kun” xabar bermoqda.
Universitetdan “Kun”ga ma’lum qilishlaricha, hujjatlar shu yilning 25-avgustiga qadar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul qilinadi:
- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha);
- Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha);
- Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda);
- Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili, rus tili, fransuz tili, nemis tili, ispan tili, xitoy tili.
- Ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki birinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olinganligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, test sinovini o‘tkazish qoidalari va javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
- Birinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olingan ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi diplomning asl nusxasi;
- 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- Pasport nusxasi;
- 3,5x4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.
Hujjatlarni qabul qilish 25-avgustga qadar davom etadi. 26-avgustdan 28-avgustgacha imtihon sinovlari suhbat asosida tashkil etiladi.
Shu kungacha jami yetti nafar talabadan hujjatlar qabul qilindi.
Izoh (0)