7-avgust kuni 17:30 da O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida 4,1 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda 12news.uz xabar berdi.
Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga qaraganda, zilzila epitsentri Toshkentdan 234 kilometr masofada, Namangan shahridan 33 km va Haqqulobod shahridan 23 km uzoqlikda joylashgan.
“Toshkent” seysmomarkazi 3,5 ballga teng bo‘lgan yer osti silkinishlari Toshkentdan 250 km naridagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashganini xabar qildi.
Jarohatlanganlar va vayronagarchiliklar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.