Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Dunyodagi eng qimmatbaho piyolani Gonkongdagi Sotheby’s auksionida Lyu Itsyan sotib oldi. Xo‘rozlar tasviri tushirilgan nafis chinni piyola 51 yoshli millionerga 36 million dollarga tushdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

Foto: AP Photo/Kin Cheung

Foto: AP Photo/Kin Cheung

Ma’lumotlarga qaraganda, 8,2 santimetr balandlikka ega idish bundan 600 yil muqaddam “chenxua” davrida (1465—1487-yillar) yasalgan. Ekspertlarning ta’kidlashicha, o‘sha paytda Minlar sulolasi “tabiat quchog‘idagi baxtiyor hayot”ni ifodalovchi xo‘roz va tovuqlar suratini juda qadrlagan. Qadimiy Xitoyda ham tovuq va jo‘jalar qurshovidagi xo‘roz tasviri to‘g‘ri qurilgan shaxsiy hayot, katta va ahil oila ramzini bildirgan.

Auksionda qayd etilganidek, buyumning baland qiymati undagi bezakning murakkab texnikasi hamda qadimiy nafis chinni sifatidagi kamyobligi bilan bog‘liq.

Lyu Itsyan o‘z xaridini “Lun” (“Ajdar”) shaxsiy muzeyida ko‘rgazmaga qo‘ymoqchi. U ehtimol imperator choy ichgan piyolani sotib olganidan xursandligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi