Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk iste’foga chiqish uchun ariza berdi. 112.ua xabar berishicha, u bu haqda Oliy Rada majlisida ma’lum qilgan.
“Bu tarixdagi eng yaxshi hukumat bo‘lmasa-da, u iloji boricha va qo‘lidan kelganicha faoliyat yuritdi”, — deya ta’kidladi Yatsenyuk.
Parlament spikeri Aleksandr Turchinov o‘z navbatida, deputatlarga texnik bosh vazir belgilash to‘g‘risida konsultatsiyalar o‘tkazishni boshlashni buyurdi.
Arseniy Yatsenyuk hukumati 2014-yil fevralida, Ukrainada inqilob bo‘lib, prezident Viktor Yanukovich hokimiyatdan chetlatilganidan so‘ng tuzilgan edi.
Izoh (0)