Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyev 2010-yil 7-apreldagi ommaviy qirg‘inni uyushtirishga aloqador deb topildi va mol-mulki musodara qilingan holda umrbod qamoq jazosiga sirtdan hukm qilindi. Hukmni raislik qiluvchi sudya Damir Onolbekov bugun Bishkekda o‘qib eshittirdi, deb yozadi Interfax.

Foto: “ITAR-TASS”

Foto: “ITAR-TASS”

Shunga o‘xshash ayblovlar bilan sobiq prezidentning ukasi, Davlat qo‘riqlov xizmati sobiq rahbari Jonibek Bakiyev ham bir umrlik qamoqqa mahkum etildi. Uning ikki nafar sobiq o‘rinbosarlari Doniyor Dunganov va Nurlan Temirboyevga 25 yildan qamoq jazosi tayinlandi.

Avvalroq Qurmanbek Bakiyev Buyuk Britaniya fuqarosi Shon Deyliga suiqasd tashkil qilishda ayblanib 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. O‘shanda shuningdek, sobiq prezidentning ukasi Jonibek Bakiyevga bu ish bo‘yicha mol-mulki musodara qilingan holda umrbod qamoq jazosi tayinlangandi. Sobiq Davlat rahbarining katta o‘g‘li Marat Bakiyev 20 yillik koloniyaga, kichik o‘g‘li Maksim Bakiyev umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgandi. Har ikkisining ham mol-mulki musodara qilingan.

Qurmanbek Bakiyev 2005–2010-yillarda prezidentlik qilgan. 2010-yil aprel voqealarida qo‘zg‘olonchilar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 80 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, yana 300 kishi yaralangan. To‘ntarishdan keyin prezident Aleksandr Lukashenko taklifi bilan Belorussiyaga ketgan. Qirg‘iziston hukumati tepasiga kelgan raqiblari Bakiyevni topshirishni talab etishgan, ammo Belorussiya uni Qirg‘izistonga topshirishdan bosh tortgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi