Hindistonning Bangalor shahrida istiqomat qiluvchi olti yoshli Gagan Satish 29,8 soniyada 39 ta mashinaning ostidan o‘tib, limbo-skeyting nomli yangi sport turi bo‘yicha norasmiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda Daily Mail’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Avtomobillar tagidan yergacha bo‘lgan masofa 20 santimetr atrofida bo‘lgan.
Gagan Satish mazkur natijaga uch yillik yolg‘iz o‘zi, shuningdek, mutaxassislar bilan o‘tkazgan mashg‘ulotlaridan so‘ng erishdi. Hech qanday jarohat uni o‘z maqsadidan ortga qaytara olmadi. Shuning uchun ham otasi uni kerakli tarzda mukofotlab, Ginness rekordlari kitobiga kiritilishi kerakligini aytmoqda.
Hozirda bola to‘xtovsiz 100 ta avtomobilning tagidan o‘tishni orzu qilyapti.
Limbo-skeyting bo‘yicha bundan avvalgi rekordni hindistonlik Chindak Aniket 45 soniyada 57 ta ketma-ket turgan avtomobillar ostidan o‘tish orqali o‘rnatgan. Bunda u har bir mashina tagidan o‘tishga 0,8 soniya sarflagan bo‘lsa, Gagan Satish bu tezlikni 0,76 soniyagacha ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)