Apple kompaniyasi 2014-yilning ikkinchi choragida sotgan qurilmalari sonini e’lon qildi. Bu haqda TechCrunch sayti xabar berdi.
Apple joriy yilning ikkinchi choragida 35,2 million dona iPhone, 13,27 million dona iPad, 4,41 million dona Mac kompyuterlari va 2,96 million dona iPod sotgan.
O‘tgan yilning shu paytida esa 31,24 millionta iPhone, 14,62 millionta iPad, 3,75 millionta Mac kompyuterlari va 4,57 millionta iPod sotilgan edi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, 2014-yilning ikkinchi choragida iPhone va Mac kompyuterlari o‘tgan yilning shu paytiga nisbatan ko‘proq sotilgan.
Apple kompaniyasining ikkinchi chorakdagi daromadi 12 foizga o‘sgan. O‘tgan chorakda bu ko‘rsatkich 7 foizni ko‘rsatgan edi.
Izoh (0)