“Umra — 2014” Ramazon mavsumi ziyoratidan qaytgan fuqarolar safarni tashkillashtirgan barcha xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rasmiy sayti ma’lum qildi.
Xususan, surxondaryolik Jumayev Qodir bobo Toshkent xalqaro aeroportida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
“Jidda aeroportiga tushganimizda bizlarni elchixonamiz xodimlaridan iborat ishchi guruh kutib oldilar. Bizlarga kerakli xizmatlarni ko‘rsatganlaridan keyin, zamonaviy avtobuslarda Madinaga qarab yo‘l oldik. Madinaga borguncha guruh rahbarlarimiz umra safari qoidalari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berishdi.
Makka va Madina shaharlarida O‘zbekistonlik oshpazlar vatandan uzoqlarda yurganligimizni bildirmasdan mazali o‘zbek taomlari bilan bizlarni bahramand qilish uchun harakat qilishdi. O‘zbekistonlik ishchi guruh a’zolari va rahbarlari tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Guruh rahbarlari Makka va Madina, muqaddas qadamjolar, islom tarixi haqida to‘liq ma’lumotlar berib keldilar. O‘zbekistonlik shifokorlar guruhi erinmasdan, og‘rinmasdan, kunni kun, tunni tun demay, salomatligimizdan boxabar bo‘lishdi.
Biz 2014-yil Ramazon umra safaridan juda mamnun bo‘lib, vatanimizga qaytib keldik. Bizlarga shunchalik shart-sharoitlar yaratilganiga, avvalambor, muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimovga rahmatlar aytamiz, shuningdek, el-yurt xizmatini qilayotgan Hukumatimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yurtimiz ravnaqi, el-yurt tinchligi yo‘lida olib borayotgan sharafli ishlarida madadkor bo‘lishini Alloh azza va jalladan so‘rab duoi xayrlar qilmoqdamiz”.
Izoh (0)