Rossiyaning Birinchi kanali O‘zbekistondagi sherigi — Kinoshniki.uz sayti orqali respublikada “Mashhurlik daqiqasi” (“Минута славы”) teleko‘rsatuvi uchun kasting e’lon qildi.

minuta-slavi5

Foto: wikipedia.org

“Shouda qatnashish uchun iste’dod kerak, — deyiladi Kinoshniki.uz xabarida. — Bu chiroyli ovozga ega bo‘lish kabi klassik yoki uzun matnni teskarisiga aytib berish kabi ekzotik iste’dod bo‘lishi mumkin”.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda o‘tkazilgan kasting natijalari Birinchi kanalga yuboriladi. U yerdagilar  eng yaxshi chiqishlarni tanlab olib, iste’dod egalarini Moskvaga taklif qiladi. Tanlov g‘olibiga 1 million rubl (taxminan 67 million so‘m) mukofot puli beriladi.