Joriy yilning 7-iyuldan 25-avgustiga qadar “Rossiya — Koreya 2014” avtomobil poygasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Anhor.uz xabar berdi.
Poyga qatnashchilari bir yarim oy mobaynida Moskva — Toshkent — Olma-Ota — Novosibirsk — Vladivostok — Pxenyan — Seul yo‘nalishida harakatlanadi.
Avtomobil poygasi Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarining rivojlanishiga va musobaqa qatnashchilarining mamlakatimiz tarixi bilan tanishishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Poyga Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilmoqda. Hozircha poygachilarning mamlakat hududiga qachon kirib kelishi noma’lum.
Shuni ta’kidlash joizki, turistik avtomobillar Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasini 60 yillik tarixda ilk bor kesib o‘tadi.
Izoh (0)