General Motors kompaniyasi AQShda yana katta miqdordagi avtomobillarini qaytarib olishini e’lon qildi. Bu safar gap 7,55 millionta mashina haqida bormoqda. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.
Yangi kampaniya 1997—2014-yillarda chiqarilgan mashinalarga tegishli bo‘ladi.
Korporatsiyadagilar qaytarib olinadigan mashinalardagi kamchiliklarni tuzatishga ikkinchi chorakda rejalashtirilgan 700 million dollar o‘rniga 1,2 milliard dollar ketishini taxmin qilmoqda.
Joriy yilda General Motors turli muammolar tufayli Shimoliy Amerikada 20 milliondan oshiq avtomobilini qaytarib olishi mumkin. Bunday katta ko‘lamdagi kampaniya asosan Chevrolet Cobalt va Saturn Ions modellaridagi o‘t olish qulfida mavjud nosozliklar 11 yil yashirib kelingani bilan bog‘liq.
Izoh (0)