Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shotlandiya sudi 27 yoshli nemis malikasi Teodora Zayn-Vitgenshtaynga hukm chiqardi, deya xabar berdi Foxnews. Qadimiy aristokrat sulolasi vakilasi axloqsiz xatti-harakatlari, irqiy tahdidlar va hibs chog‘ida qarshilik ko‘rsatgani uchun ming funt (1700 dollar) miqdoridagi jarimaga tortildi.

Malika sudga qora parik kiyib keldi. Foto: foxnews.com

Malika sudga qora parik kiyib keldi. Foto: foxnews.com

2014-yil martida Teodora Shotlandiyada hibsga olingan edi. U nufuzli St Andrews universitetidagi talabalar ziyofatida kiyimlarini yechib tashlamoqchi bo‘lgan, atrofdagilarni haqoratlagan va chaqiruv bo‘yicha kelgan politsiya bilan kurashishga uringan. Xabar berilishicha, u musulmonlarni qirib tashlashga chaqirgan.

Malikaning advokati u qalqonsimon bez kasalligiga chalingani, bu uning xatti-harakatlari va gaplariga ta’sir qilganiga sudni ishontirmoqchi bo‘ldi. Huquqshunosning ta’kidlashicha, Teodora xalqaro aloqalar bo‘yicha ixtisoslikka ega, bundan tashqari Iordaniyada yashab, “Yaqin Sharq madaniyati bilan tanishgan”.

Malikaning o‘zi barcha ayblovlarni rad etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...