Gruziyaning Lapota shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi FIDE Gran-prisining 5-bosqich bahslari davom etmoqda, deya xabar beradi “Olamsport”.
Eslatib o‘tamiz, dunyoning 12 nafar grossmeysterlari safida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nafisa Mo‘minova ham Lopota Gran-prisida ishtirok etmoqda.
To‘qqizinchi turga kelib Nafisa turnirdagi dastlabki g‘alabasini tantana qildi. Oq donalarda gruziyalik Bela Xotenashvili bilan hisob-kitob qilgan Nafisa 63-yurishdan so‘ng ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. O‘ninchi turda Mo‘minova qora donalarda hindistonlik Xampi Koneru bilan bellashadi.
Izoh (0)