Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan Totoos Food kompaniyasiga tegishli lavashxonada yuz bergan yong‘in simlardagi qisqa tutashuvdan kelib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Yong‘inga taxminan binoda o‘rnatilgan elektr tok taqsimlash qutisi simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan”, – deyiladi vazirlik xabarida.
“Kun” ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in natijasida 25 kvadrat metr maydondagi omborxona, xodimlarning xonalari va tom qismi yonib zararlangan.
Alanganing issiqlik ta’siridan omborxonadagi to‘rt dona propan gaz ballonidan bir donasi chaqnab yorilgan.
Hodisa natijasida jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)