Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon chempionatining “B” guruhidan o‘rin olgan Chili—Avstraliya terma jamoalari ishtirokidagi o‘yinda janubiy amerikaliklar 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi, deb xabar berdi Uff.uz.

Foto: fifa.com

Foto: fifa.com

O‘yinning 12-daqiqasida Aleksis Sanches gol kiritib, terma jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas avstraliyaliklar yana bitta gol o‘tkazib yubordi. 35-daqiqada Avstraliya terma jamoasi a’zosi Tim Keyxil hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Avstraliya yana bitta gol kiritib, hisobni tenglashtirdi. Ammo hakam bu vaziyatda o‘yindan tashqari holatni qayd etdi. Takroriy vaziyat hakam haq ekanini ko‘rsatdi.

Bosejur uchrashuvda terma jamoasi ishonchli hisobda g‘alaba qozonishini ta’minlab beruvchi golni kiritdi. Ushbu g‘alabadan keyin Chili o‘z guruhida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Chelsi” qishki transferlar oynasida top-4 liga klublari sarflagan jami puldan ham ko‘proq xarajatni amalga oshirdi
Biznes
Toshkent shahrida kvartiralar narxi qanday o‘zgargani tahlil qilindi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Bo‘ston tumanida ish o‘rinlarini ko‘paytirish kerakligini aytdi