Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

12-iyundan Braziliyada boshlanadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati bahslarini 25 ta hakamlar guruhi boshqarib boradi. Shuningdek, yana yetti nafar hakam zaxira hakami sifatida tanlab olingan, deb xabar berdi Stadion.uz.

Ravshan Ermatov. Foto: elbocon.pe

Ravshan Ermatov. Foto: elbocon.pe

Germaniyaning Az-online.de sayti WM-Pfiffs (“Hushtak”) blogi Mundialga taklif etilgan tajribali hakamlarga to‘xtalib, JCh—2014 final o‘yinini boshqarishga bosh nomzod Ravshan Ermatov ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Ko‘pchilik futbol ekspertlari o‘zbekistonlik Ravshan Ermatovga alohida e’tibor qaratmoqda. Mazkur FIFA arbitri JAR—2010 da barchadan ko‘p — beshta o‘yin (jumladan, ochilish va yarim final bahsi)ni boshqargan edi.

Avvalroq, Ravshan Ermatov Braziliyadagi JCh—2014 da  jahon rekordini o‘rnatishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin