12-iyundan Braziliyada boshlanadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati bahslarini 25 ta hakamlar guruhi boshqarib boradi. Shuningdek, yana yetti nafar hakam zaxira hakami sifatida tanlab olingan, deb xabar berdi Stadion.uz.
Germaniyaning Az-online.de sayti WM-Pfiffs (“Hushtak”) blogi Mundialga taklif etilgan tajribali hakamlarga to‘xtalib, JCh—2014 final o‘yinini boshqarishga bosh nomzod Ravshan Ermatov ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Ko‘pchilik futbol ekspertlari o‘zbekistonlik Ravshan Ermatovga alohida e’tibor qaratmoqda. Mazkur FIFA arbitri JAR—2010 da barchadan ko‘p — beshta o‘yin (jumladan, ochilish va yarim final bahsi)ni boshqargan edi.
Avvalroq, Ravshan Ermatov Braziliyadagi JCh—2014 da jahon rekordini o‘rnatishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)