10-iyun kuni Braziliyaning San-Paulu shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda OFKga a’zo 46 davlat futbol assotsiatsiyalari va federatsiyalari vakillari, OFK hamda FIFA prezidentlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi sayti.
Yig‘ilishda kongress a’zolari “Markaziy Osiyo” mintaqasini tashqil qilish borasidagi taklifini tasdiqladi. Ushbu mintaqaga Eron, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston futbol federatsiyalari a’zo sifatida qabul qilindi. Natijada OFKning “Markaziy va Janubiy Osiyo” mintaqasi ikkiga bo‘lindi. Unga ko‘ra OFK 2015-yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi kongressga qadar OFK Ijroqo‘mining har bir mintaqadagi o‘rinlari sonini qayta ko‘rib chiqadi.
Izoh (0)