Toshkentda 16-iyundan 8-avgustga qadar issiqlik tarmoqlari yuqori chidamlilik va zichlik (yuqori bosim)ni tekshirish uchun sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda “Toshissiqlikquvvati”ning “Toshkent oqshomi” gazetasida e’lon qilingan axborotiga asoslanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.
2014/2015-yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilayotgan sinovlar issiqlik iste’molchilarini issiq suvdan cheklamagan holda amalga oshiriladi.
Sinovlar vaqtida issiqlik tarmoqlarining quvurlarida nosozliklar ro‘y berishi, issiq suv yo‘lning qatnov qismi va trotuarlarga otilib chiqishi mumkin. Ushbu holatlarda haydovchi va piyodalar, shuningdek, ma’muriy va turar-joy binolarida bo‘lgan fuqarolar ehtiyotkor va diqqatli bo‘lishlari kerak.
“Kun”ning qayd etishicha, yuz bergan nosozliklar haqida 215-72-73 telefon raqami orqali “Toshissiqlikquvvati”ga ma’lum qilish mumkin.
Sinovlar taqvimi
- IM-1 “Shimol-Sharqiy” (M-1,4) — 26-iyun va 16-iyul
- IM-2 “Qorasuv” — 4- va 25-iyul
- IM-3 “G‘arbiy” (M-1,4) — 19-iyun va 31-iyul
- IM-4 “Shimoliy” (M-0,1) — 23-iyun va 24-iyul
- IM-4 “Shimoliy” (M-4,8) — 18-iyun va 22-iyul
- IM-5 “Chilonzor” (M-0,4) — 25-iyun va 15-iyul
- IM-6 “Janubi-G‘arbiy” — 24-iyun va 14-iyul
- IM-7 “Aviasozlar” — 3- va 23-iyul
- IM-8 “Sergeli” — 1-va 16-iyul
- IM-9 “Yangi Chilonzor” — 30-iyun va 17-iyul
- IM-10 — 2- va 21-iyul
- ToshIEM (M-0) — 11-iyul va 8-avgust
- ToshIEM (M-5,8) — 27-iyun va 18-iyul
- “Suvsoz” qozonxonasi — 16-iyun va 1-iyul
- “TTZ” qozonxonasi — 17-iyun va 8-iyul
Izoh (0)