Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya Ta’lim va ilmiy izlanishlar federal vazirligi portalida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ilmiy o‘quv dastur va loyihalari bo‘yicha hamkorlikka bag‘ishlangan maqola chop etildi. Bu haqda “Jahon” AA xabar berdi.

Gessen universiteti anjumanlar markazi. Foto: 123rf.com

Gessen universiteti anjumanlar markazi. Foto: 123rf.com

Unda Yevroittifoqning “O‘zbekiston uchun agrar menejment bo‘yicha barqaror o‘quv dasturi” (Sustainable Agrarian Management Studies for Uzbekistan/SAMUz)yangi ta’lim loyihasi haqida hikoya qilinadi. Germaniyaning Yustus Libix nomidagi Gissen universiteti ushbu loyihaning koordinatori vazifasini bajarmoqda.

Loyiha rahbari, Gissen universiteti professori Mixael Shmittsning nashrga ma‘lum qilishicha, SAMUz loyihasining o‘ziga xosligi shundaki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi talabalari va yosh tadqiqotchilari nafaqat Germaniyaning, balki Yevropadagi boshqa qo‘shni davlatlarning boy ilmiy-texnik tajribasi bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.

Loyiha 2014—2016-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevroittifoqning “Tempus” dasturi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 750 ming dollarni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi